27-aprel kuni Yangi Andijon shahrida viloyat hokimligi binosi qurilishi boshlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati. Bino qurilishini boshlab berish uchun Shuhrat Abdurahmonov ishtirokida marosim tashkil etildi.

Qayd etilishicha, hokimiyat binosi investitsiya mablag‘lari asosida 4 gektar yer maydonida barpo etiladi. Qurilish maydoni 7 ming 100 kvadrat metrni tashkil etadi.

1,4 gektar maydon ko‘kalamzorlashtiriladi. Yangi binolar 3 qavatli hamda 5 qavatli shaklda qurilib, 150 ta ma’muriy xonani o‘z ichiga oladi.

Tadbirda shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi hamda “Vatanparvarlar bog‘i”ni barpo etish bo‘yicha ko‘plab faollar ishtirokida navbatdagi harakatlar boshlab berildi, deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyatidagi Yangi Andijon shahri 4 ming gektar maydonda barpo etilmoqda. Uning qurilishiga Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda tamal toshini qo‘ygandi. “Gazeta.uz” bo‘lajak shaharning chizma va maketlarini e’lon qilgan.

Foto

андижон viloyatи, шуҳрат абдураҳмонов, қурилиш