Tennischi Denis Istomin Devis kubogi doirasidagi O‘zbekiston-Polsha uchrashuvidan so‘ng professional sportdagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. U uch marta Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan, 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin, Guanjou-2010 da 2 ta kumush va Incheon-2014 da bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Futbolchi, O‘zbekiston MTJ a’zosi Jaloliddin Masharipov Eronning “Istiqlol” klubiga o‘tdi. Sportchi bilan 1,5 yillik shartnomaga kelishib olingan. U bir necha kun oldin Gretsiyaning “Panserraikos” jamoasini tark etgandi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, Qatar bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan xafa bo‘lmaslik kerak, chunki jamoa turnirda yaxshi qatnashdi. Murabbiy uning iste’fosi haqidagi savolga shunday javob berdi: “Hazillashyapsizmi?”
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilar penaltilar seriyasi uchun mashq qilmaganini bildirdi. Jaloliddin Masharipov muxlislardan kechirim so‘rab, jamoa jahon chempionatiga chiqa olishiga ishontirdi.
O‘zbekiston futbol terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida penaltilar seriyasida mezbon jamoa — Qatarga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. Endi qatarliklar finalga yo‘llanma uchun Eronga qarshi o‘ynaydi. Xavfli vaziyatlarga boy kechgan bahsdan video, foto va statistika.
O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogining chorak finalidagi raqib — Qatar bilan bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi. “Jamoa Qatarga qarshi qanday o‘ynash kerakligini biladi. Bizda yaxshi o‘yinchilar yetarli. ¼ finalga qadar keldik, buyog‘iga yo‘qotadigan narsamiz yo‘q”, — dedi u.
“Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboyev Angliyaning “Brentford” klubiga ijara asosida o‘tdi. U Angliya Premer-ligasida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lishi mumkin.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Tailandga qarshi o‘yindan mamnun ekanini aytdi. Shuningdek, terma jamoadagi jarohat olganlar, Osiyo Kubogi chorak finalida Qatar bilan bo‘lajak uchrashuvdan umidlari va taktika tanlash haqida gapirdi.
Osiyo kubogining nimchorak final bahslarida O‘zbekiston futbolchilari Tailandni yengib, ¼ final bosqichiga yo‘l oldi (video, foto). Ular chorak finalda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.
Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Tata Steel superturniri yakunida tay-breykdagi mag‘lubiyat tufayli peshqadamlikni boy berdi va 3−4-o‘rinlarni bo‘lishdi. Biroq 17 reyting balli qo‘shib oldi va dunyoning eng kuchli 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi. “Gazeta.uz” uning turnirdagi ishtiroki haqida hikoya qiladi.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakovning farmoyishi bilan “Navbahor” futbol klubiga viloyat budjeti zaxira jamg‘armasidan 2,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
O‘zbekiston futbolchilari Avstraliya bilan durang o‘ynab, Osiyo Kubogining 1/8 final bosqichiga chiqdi (video, foto, statistika).
O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets jamoa Avstraliyaga mag‘lub bo‘lsa ham, 90 foiz holatda turnirning 1/8 final bosqichiga chiqishini, ammo maqsad baribir g‘alaba qozonish ekanini aytdi. “Avstraliyaga qarshi yomon statistikaga chek qo‘yish niyatidamiz”, — deydi futbolchi Odiljon Hamrobekov.
O‘zbekiston futbolchilari Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi turida Hindiston ustidan g‘alabaga erishdi (statistika, video, foto). Uchala gol ham birinchi bo‘limda kiritildi.
Argentinalik futbolchi Lionel Messi FIFAning 2023-yildagi eng yaxshi erkak futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Messi ushbu sovringa qatorasiga ikkinchi marta, umumiy uchinchi marta loyiq ko‘rildi. U to‘plangan ovozlar bo‘yicha Erling Holand va Kilian Mbappedan o‘zib ketdi.
O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev “Paxtakor” va “Surxon” futbol klublari xususiylashtirish arafasida ekanini aytdi. “„Surxon“ aslida bir yil oldin xususiylashtirilishi kerak edi, lekin klubda bundan avval ishlagan odamlarning ba’zi xatolari bor, prokuratura buni o‘rganmoqda”, — dedi u.
O‘zbekistonlik futbolchilar Osiyo Kubogi guruh bosqichini Suriya bilan o‘yindagi golsiz durang bilan boshladi (statistika, foto).
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tadigan Tata Steel Chess turnirida ikkinchi bor ishtirok etadi, unda amaldagi jahon chempioni Din Lijen va jahon reytingida kuchli 10 talikdan joy olgan yana uchta grossmeyster ham qatnashadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda aybdor deb topib uch nafar hakam va “Qo‘qon-1912” klubi sport direktori Shuhrat Mo‘minovni futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting