Jahon

«Amerika Afg‘onistonda qoldirib ketgan harbiy texnika — butun dunyo uchun katta muammo» — Dmitriy Shugayev
2 noyabr 2021, 15:20

«Amerika Afg‘onistonda qoldirib ketgan harbiy texnika — butun dunyo uchun katta muammo» — Dmitriy Shugayev

Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori AQSh Afg‘onistonda qoldirib ketgan harbiy texnika butun dunyo uchun katta muammo tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi. Dmitriy Shugayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qurol-yarog‘lar ekstremistlarning qo‘liga tushib qolishi yoki qora bozorga ham chiqib ketishi mumkin.

Facebook Qozog‘iston hukumatiga kontentni belgilashga ruxsat berganini rad etdi
2 noyabr 2021, 15:07

Facebook Qozog‘iston hukumatiga kontentni belgilashga ruxsat berganini rad etdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi Meta Platforms Qozog‘iston hukumatiga o‘zining kontent hisoboti tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim etgani haqidagi xabarni rad etdi. Kompaniya vakili ta’kidlashicha, «Meta Platforms Qozog‘iston qo‘shma deb atagan bayonotni e’lon qilmagan». Qozog‘iston axborot vaziri esa bayonot kompaniyaning mintaqaviy ofisi rahbariyati bilan kelishinganligini ta’kidladi.

Rossiya O‘zbekistonga qiruvchi samolyotlar va zirhli transportlar yetkazib berdi
2 noyabr 2021, 11:42

Rossiya O‘zbekistonga qiruvchi samolyotlar va zirhli transportlar yetkazib berdi

Rossiya Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati direktori Dmitriy Shugayevning ta’kidlashicha, 2021 yilda Rossiya O‘zbekistonga Su-30SM qiruvchi samolyotlari, Mi-35M vertolyotlari, Buk-M2E zenit-raketa komplekslari, BTR-80 va BTR-82A zirhli transportyorlarini yetkazib bergan.

Facebook Qozog‘iston hukumatiga zararli kontentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilashga ruxsat beradi
1 noyabr 2021, 22:44

Facebook Qozog‘iston hukumatiga zararli kontentni to‘g‘ridan-to‘g‘ri belgilashga ruxsat beradi

Meta Platforms Qozog‘iston hukumatiga o‘zining kontent haqida hisobot tizimidan foydalanish imkoniyatini taqdim qildi. Bunga Qozog‘iston hukumatining millionlab mahalliy foydalanuvchilar uchun ijtimoiy tarmoqni bloklab qo‘yish bilan tahdid qilganligi sabab bo‘lgan. Tanqidchilar mamlakat hukumatini senzuraning yangi vositalariga ega bo‘lishga intilayotganlikda ayblamoqdalar.

Jahon yangiliklari dayjesti
1 noyabr 2021, 22:37

Jahon yangiliklari dayjesti

COVID-19 qurbonlari sonining 5 milliondan oshgani, Tokioda erkak kishining o‘lim jazosiga hukm qilinish uchun metroda yo‘lovchilarga hujum qilgani, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov samolyotining Buyuk Britaniyaga kiritilmagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Oksford lug‘ati 2021 yil so‘zini tanladi
1 noyabr 2021, 17:37

Oksford lug‘ati 2021 yil so‘zini tanladi

Oksford lug‘ati 2021 yil so‘zi deb «vaksina» yoki «vaksinatsiya» ma’nosini beruvchi vax so‘zni tanladi. «Bu yilgi muhitni yaxshiroq aks ettiruvchi so‘z yo‘q», — deya ta’kidladi lug‘at tuzuvchilari.

Moskva ma’muriyati qurilish maydonlarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini ishlab chiqadi
1 noyabr 2021, 15:41

Moskva ma’muriyati qurilish maydonlarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini ishlab chiqadi

Moskva meriyasi qurilish maydonchalarida mehnat migrantlaridan voz kechish rejasini tayyorlaydi. Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, mehnat resurslari tanqisligi 40%ga yaqinlashgan. Rossiya poytaxti rasmiylari qurilishga kamroq, lekin uch-to‘rt marta ko‘proq ish haqi bilan yaxshiroq malakaga ega mutaxassislarni jalb qilmoqchi.

Gruziyadagi munitsipal saylovlarda hukmron partiyaning deyarli barcha nomzodlari g‘alaba qozondi
1 noyabr 2021, 10:13

Gruziyadagi munitsipal saylovlarda hukmron partiyaning deyarli barcha nomzodlari g‘alaba qozondi

Gruziyaning 20 ta shahridan 19 tasida munitsipal saylovlarning ikkinchi bosqichida hukmron partiya nomzodlari g‘alaba qozondi. Muxolifat natijalarni tan olmadi, «murosasiz kurash»ga va’da berdi va miting e’lon qildi.

G20 yetakchilari Yer yuzida bir trln daraxt ekishni maqsad qilishdi
1 noyabr 2021, 09:40

G20 yetakchilari Yer yuzida bir trln daraxt ekishni maqsad qilishdi

G20 sammitiga a’zo davlatlar «sayyoraning eng yomonlashgan ekotizimlariga alohida e’tibor bergan holda» 2030 yilgacha bir trln daraxt ekishni maqsad qildi. Rimda bo‘lib o‘tgan sammit doirasida imzolangan deklaratsiyada bu haqda aytilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 oktabr 2021, 22:10

Jahon yangiliklari dayjesti

Jo Baydenning Rim papasi bilan uchrashgani, Ilon Masking insoniyatni Marsga o‘z hisobidan olib bormoqchi ekani, AQShning Tramp siyosatidan jabr chekkan migrantlarga 1 mlrd dollardan pul to‘lamoqchiligi, Finlyandiyada gazetaning uch jurnalisti davlat sirlarini oshkor qilishda ayblanayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Facebook o‘z nomini Meta`ga o‘zgartiradi va «metaolam» quradi
29 oktabr 2021, 10:46

Facebook o‘z nomini Meta`ga o‘zgartiradi va «metaolam» quradi

Facebook o‘zining nomini Meta`ga o‘zgartirganini va odamlar muloqot qilishi, jamoalar yaratishi va biznesni rivojlantirishi mumkin bo‘lgan «metaolam» qurish haqidagi rejalarini e’lon qildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
27 oktabr 2021, 21:16

Jahon yangiliklari dayjesti

Jahon bankining Sudanga yordam berishni to‘xtatgani, Telegram tez orada reklama platformasini ishga tushirishi, Polsha Yevropa Ittifoqi qonunlariga amal qilmagani uchun kuniga 1 mln yevrodan jarimaga tortilgani, Qirg‘izistonda qishloq xo‘jaligi vazirining hozirgi va sobiq o‘rinbosarlari hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Afg‘oniston Termizdan BMT yordamining olib kirilishiga hozircha ruxsat bergani yo‘q
27 oktabr 2021, 18:23

Afg‘oniston Termizdan BMT yordamining olib kirilishiga hozircha ruxsat bergani yo‘q

BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha boshqarmasining insonparvarlik yordami mamlakat hukumatining uni olib kirishga ruxsat bermagani sababli hozircha Termizdan Afg‘onistonga yetkazilgani yo‘q.

Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odam bo‘ldi
27 oktabr 2021, 12:17

Ilon Mask Forbes reytingi tarixidagi eng boy odam bo‘ldi

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlari reytingini tuzishni boshlagandan buyon eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Uning boyligi rekord darajadagi 271,3 mlrd dollarga yetgan.

Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi
27 oktabr 2021, 11:39

Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi

Germaniya federal kansleri Angela Merkel vakolati rasman yakunlandi. Mamlakatda yangi hukumat tuzilgunga qadar Merkel mazkur vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
26 oktabr 2021, 21:45

Jahon yangiliklari dayjesti

YouTube Braziliya prezidentini bir haftaga yangi video joylashtirish imkoniyatidan mahrum qilgani, Qozog‘iston afg‘on ayollarining parvozi uchun gumanitar tranzit yo‘lagi ajratayotgani, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Ro De U 88 yoshida vafot etgani, Gretsiyada politsiya anarxist namoyishchilarga qarshi gazdan foydalangani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Kobulda ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazdi
26 oktabr 2021, 15:20

Kobulda ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, namoyish o‘tkazdi

Afg‘oniston poytaxtida ayollar o‘z huquqlarini talab qilib, «BMT sukunati — uyat», «Ayollar — odam», «Biz ochmiz» kabi shiorlar bilan namoyish o‘tkazdi. Ular BMTni «Tolibon»ga ayollar huquqlarini tan olishi uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi.

Kobulda aholini bug‘doy evaziga ish bilan ta’minlash dasturi ishga tushirildi — OAV
26 oktabr 2021, 10:03

Kobulda aholini bug‘doy evaziga ish bilan ta’minlash dasturi ishga tushirildi — OAV

«Tolibon» hukumati Kobul tepaliklarida ariqlar qazishga aholini jalb qilib, ish haqi sifatida bug‘doy tarqatishini ma’lum qildi. Dastur doirasida 40 mingdan ortiq odam ish bilan ta’minlanadi va kelgusi ikki oy ichida mazkur tashabbus boshqa viloyatlarda ham joriy qilinishi rejalashtirilgan.

Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha navbatdagi antirekord o‘rnatildi
25 oktabr 2021, 14:56

Rossiyada koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha navbatdagi antirekord o‘rnatildi

Rossiyada COVID-19 ga chalinish holatlari ko‘paymoqda. Kuniga infeksiya aniqlanganlar soni 37 ming 930 taga oshdi, bu pandemiya boshlanganidan beri yangi maksimal ko‘rsatkich.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 oktabr 2021, 21:54

Jahon yangiliklari dayjesti

Rossiyaliklarning aksariyati ishlanmaydigan kunlarda O‘zbekistonga uchmoqchi ekani, Baydenning Xitoy bilan sovuq urushni xohlamasligi, Trampning yangi ijtimoiy tarmog‘iga xakerlar hujum qilgani, Belarusda niqob rejimi bekor qilingani, Aktyor Alek Bolduinni tasvirga olish paytida tasodifan operator va rejissyorni otib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting