Namanganda KamAZ urib yuborgan 6 yoshli bola vafot etdi
Kecha, 10:01

Namanganda KamAZ urib yuborgan 6 yoshli bola vafot etdi

To‘raqo‘rg‘on tumanida KamAZ haydovchisi 6 yoshli bolani urib yubordi. Oqibatda bola shifoxonada vafot etdi. “Kenja farzandim edi, bog‘chada ham juda dono edi. Hech kimning boshiga bu tashvish tushmasin”, — deydi marhumning otasi.

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Kecha, 09:23

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yakkasaroy tumanida Matiz (taksi), Lacetti, Spark va Isuzu to‘qnashdi. Oqibatda Matiz ag‘darilib ketdi, 2 kishi jarohat oldi.

Farg‘onada tadbirkor 716 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
13 may 2024, 22:03

Farg‘onada tadbirkor 716 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Farg‘onaning Qo‘shtepa tumanida meva-sabzavotlarni saqlash muzlatgichidagi xatolik sabab korxonaning 716 mln so‘mlik elektr energiyasi iste’moli hisobga olinmagani ma’lum bo‘ldi. Qoidabuzarga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli organlarga taqdim etildi.

“Qiz bolani o‘qitmaslik kerak, degan stereotiplarga barham berilmoqda” — Tanzila Narbayeva
13 may 2024, 21:32

“Qiz bolani o‘qitmaslik kerak, degan stereotiplarga barham berilmoqda” — Tanzila Narbayeva

“Xotin-qizlarning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish natijasida qiz bolani o‘qitmaslik, uyda o‘tirishi kerak, degan stereotiplarga barham berilmoqda”, — dedi Senat raisi Tanzila Narbayeva Samarqanddagi Osiyo xotin-qizlari forumida. Uning ta’kidlashicha, qizlar ilg‘or sohalarga faol kirib kelmoqda.

Farg‘onada 19 kishi nomiga avtokredit rasmiylashtirib, 6,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi
13 may 2024, 21:31

Farg‘onada 19 kishi nomiga avtokredit rasmiylashtirib, 6,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan shaxslar ushlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida bir nechta fuqarolar o‘zaro til biriktirib, 19 kishi nomiga avtokredit rasmiylashtirgani, ammo ularga mashina olib bermay, 6,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi. Ularga nisbatan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

14-mayda diniy tadbir tufayli vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi
13 may 2024, 21:04

14-mayda diniy tadbir tufayli vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi

14-may kuni xristianlik dinining ota-onalarni xotirlash tadbirlari o‘tkazilishi sabab Toshkent shahridagi 3-sonli qabriston tomon 2 ta bir kunlik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Bu uchun 8 ta MAN avtobuslari ajratiladi, ular 7:00 dan 18:00 gacha harakatlanadi, yo‘lkira haqi — 5 ming so‘m.

Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 24 yilga qamaldi
13 may 2024, 20:34

Qozog‘iston sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasini o‘ldirganlikda aybdor deb topilib, 24 yilga qamaldi

Qozog‘istonda turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ldirganlikda ayblangan sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev ishi bo‘yicha hukm chiqarildi. Sud uni aybdor deb topib, 24 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Jarayon ikki oy davom etdi hamda mamlakat ichida va xorijda keng rezonansga sabab bo‘ldi.

O‘zbekistonning 14 ta chekka tumani va 1 ta shahrida IT-shaharchalar tashkil etiladi
13 may 2024, 20:08

O‘zbekistonning 14 ta chekka tumani va 1 ta shahrida IT-shaharchalar tashkil etiladi

O‘zbekistonning 15 ta chekka hududida IT-shaharchalar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ularda yoshlar IT, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga bepul o‘qitiladi. “Shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda hamma sohaga axborot texnologiyalarini biladigan kadrlar kerak”, — dedi prezident.

2024-yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan — Transport vazirligi
13 may 2024, 19:49

2024-yilda 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan — Transport vazirligi

Hozirda Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistonga 37 ta yo‘nalish bo‘yicha 196 ta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan va yil boshidan buyon 173 ming yo‘lovchi tashilgan. Transport vazirligi yil oxirigacha yana 10 ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishini ma’lum qildi.

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarining samaradorligi keskin pasaydi — WSJ
13 may 2024, 18:30

Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlarining samaradorligi keskin pasaydi — WSJ

O‘tgan oyda Ukraina havo mudofaasi kuchlari Rossiya tomonidan uchirilgan raketalarning atigi 30 foizini urib tushirdi, deb yozdi The Wall Street Journal. Ko‘rsatkich so‘nggi yarim yilda 46 foiz, undan avvalgi mos davrda 73 foiz bo‘lgan. Nashr mamlakatda Patriot tizimi uchun o‘q-dorilar tugayotganini qayd etdi.

Aprelda Toshkentdagi ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sishi tezlashdi — ITIM
13 may 2024, 17:57

Aprelda Toshkentdagi ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sishi tezlashdi — ITIM

Aprel oyida Toshkentda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi tezlashdi. Martda o‘rtacha narx atigi 0,2 foizga oshgan bo‘lsa, aprelda ko‘rsatkich mos ravishda 1,1 foizga oshdi. Yillik hisobda ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi qariyb 13 foizga ko‘tarildi.

2024-yilda O‘zbekistonda ko‘mir qazib olishni 8 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda
13 may 2024, 17:47

2024-yilda O‘zbekistonda ko‘mir qazib olishni 8 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda ko‘mir qazib olish hajmini 2024-yilda 8 mln tonnaga, 2025-yilda esa 10 mln tonnaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Ko‘rsatkich 2016-yilda 4 mln tonnadan kam, 2023-yilda esa 6,5 mln tonna bo‘lgan. Avvalroq prezident ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq bergandi.

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga yana mavsumiy ishlar uchun borishi mumkin bo‘ladi
13 may 2024, 17:33

O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga yana mavsumiy ishlar uchun borishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Janubiy Koreya hukumati bilan uzoq muzokaralar o‘tkazib, o‘zbekistonliklarni mavsumiy ishlarga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 2021-yilda Koreya ko‘plab fuqarolar mehnat shartnomalarini buzgani va belgilangan muddatda mamlakatni tark etmagani uchun ishga qabul qilishni to‘xtatgandi.

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zararni qoplab berish taklifi bilan chiqdi
13 may 2024, 17:00

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75,6 mlrd so‘m miqdorida ma’naviy zararni qoplab berish taklifi bilan chiqdi

Jurabek Laboratories “Dok-1 Maks”dan jabrlanganlarga 75 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni 3 yil ichida to‘lab berishga tayyorligini bildirdi. Buning evaziga Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyevni ozodlikka chiqarishni so‘ramoqda.

Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra ultramarafoni bo‘ladi
13 may 2024, 15:42

Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra ultramarafoni bo‘ladi

1−2-iyun kunlari Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra 2024 xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tadi. Yugurish masofalari 2, 10, 21 va 50 kilometrni tashkil qiladi.

O‘zbekistonda mehnat qonunchiligini buzgan 2700 ga yaqin amaldor jazolandi
13 may 2024, 15:09

O‘zbekistonda mehnat qonunchiligini buzgan 2700 ga yaqin amaldor jazolandi

Yil boshidan buyon Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 13,3 mingdan ortiq mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlangan. Asosan maktab va bog‘chalarda huquqbuzarliklar soni ortgan. Qariyb 2700 nafar mansabdor shaxs jarimaga tortilgan, shundan 166 ta ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

OTB 2025−2027-yillarda O‘zbekistonda 3,5 mlrd dollarlik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi
13 may 2024, 14:43

OTB 2025−2027-yillarda O‘zbekistonda 3,5 mlrd dollarlik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston va OTB o‘rtasida 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha hujjat imzolandi. Hamkorlik energetika, transport, suv ta’minoti, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sektori va tabiiy resurslarni boshqarish, moliya, davlat boshqaruvi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab oladi.

Toshkentda BYD Han haydovchisi qasddan urib yuborgan YPX inspektorining oyoqlari sindi
13 may 2024, 14:36

Toshkentda BYD Han haydovchisi qasddan urib yuborgan YPX inspektorining oyoqlari sindi

Chilonzor tumanida BYD Han avtomashinasini guvohnomasiz boshqargan 22 yoshli haydovchi YPX inspektorini qasddan urib yubordi. Xodim ikkala son suyagi sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

Dzyudochi Sharofiddin Boltaboyevning “Katta dubulg‘a”dagi oltini jamoa uchun yagona medal bo‘ldi
13 may 2024, 14:26

Dzyudochi Sharofiddin Boltaboyevning “Katta dubulg‘a”dagi oltini jamoa uchun yagona medal bo‘ldi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) Ostonada o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida oltin medalga ega chiqdi. U o‘z vazni doirasidagi sportchilarning dunyo reytingida 18-o‘rinda bormoqda.

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13 may 2024, 13:33

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Sherobod tumanida Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 59 yoshli haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etdi. Tarmoqlarda YTHga yo‘ldagi chuqurlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting