O‘zbekistonda mehnat qonunchiligini buzgan 2700 ga yaqin amaldor jazolandi
13 may 2024, 15:09

O‘zbekistonda mehnat qonunchiligini buzgan 2700 ga yaqin amaldor jazolandi

Yil boshidan buyon Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 13,3 mingdan ortiq mehnat qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlangan. Asosan maktab va bog‘chalarda huquqbuzarliklar soni ortgan. Qariyb 2700 nafar mansabdor shaxs jarimaga tortilgan, shundan 166 ta ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

OTB 2025−2027-yillarda O‘zbekistonda 3,5 mlrd dollarlik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi
13 may 2024, 14:43

OTB 2025−2027-yillarda O‘zbekistonda 3,5 mlrd dollarlik loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekiston va OTB o‘rtasida 2025−2027-yillarga mo‘ljallangan dasturni amalga oshirish bo‘yicha hujjat imzolandi. Hamkorlik energetika, transport, suv ta’minoti, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sektori va tabiiy resurslarni boshqarish, moliya, davlat boshqaruvi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini qamrab oladi.

Toshkentda BYD Han haydovchisi qasddan urib yuborgan YPX inspektorining oyoqlari sindi
13 may 2024, 14:36

Toshkentda BYD Han haydovchisi qasddan urib yuborgan YPX inspektorining oyoqlari sindi

Chilonzor tumanida BYD Han avtomashinasini guvohnomasiz boshqargan 22 yoshli haydovchi YPX inspektorini qasddan urib yubordi. Xodim ikkala son suyagi sinishi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizildi.

Dzyudochi Sharofiddin Boltaboyevning “Katta dubulg‘a”dagi oltini jamoa uchun yagona medal bo‘ldi
13 may 2024, 14:26

Dzyudochi Sharofiddin Boltaboyevning “Katta dubulg‘a”dagi oltini jamoa uchun yagona medal bo‘ldi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) Ostonada o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida oltin medalga ega chiqdi. U o‘z vazni doirasidagi sportchilarning dunyo reytingida 18-o‘rinda bormoqda.

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13 may 2024, 13:33

Surxondaryoda Tracker yuk mashinasiga urilishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Sherobod tumanida Tracker haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 59 yoshli haydovchi va 4 nafar yo‘lovchi ayol voqea joyida vafot etdi. Tarmoqlarda YTHga yo‘ldagi chuqurlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda ham sezildi
13 may 2024, 12:00

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Namanganda ham sezildi

13-may soat 11:44 da Qirg‘izistonda magnitudasi 3,9 ga teng bo‘lgan zilzila yuz berdi. Yer silkinishi kuchi Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on va Kosonsoy tumanlarida ham sezildi.

Iqtisodiy tengsizlikning kuchayishi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish sur’atini sekinlashtirdi
13 may 2024, 11:57

Iqtisodiy tengsizlikning kuchayishi O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish sur’atini sekinlashtirdi

Xalqaro standartlar bo‘yicha 2015−2022-yillarda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2 barobar — 17 foizgacha kamaydi. JBga ko‘ra, o‘sayotgan iqtisodiy tengsizlik kambag‘allikni qisqartirish tempini sekinlashtirdi. Eng boy fuqarolar daromadi aholining eng kambag‘al qatlaminikiga qaraganda 5 barobar tezroq o‘sdi.

2024-yilning ilk 3 oyida O‘zbekistonga 1,5 mln sayyoh keldi
13 may 2024, 11:46

2024-yilning ilk 3 oyida O‘zbekistonga 1,5 mln sayyoh keldi

Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 1 mln 519,3 ming nafar sayyoh tashrif buyurdi, bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 2,1 foizga yuqori. Keluvchilarning eng ko‘pi Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolaridir.

Hafta o‘rtalarida havo 33−36 darajagacha isiydi
13 may 2024, 11:11

Hafta o‘rtalarida havo 33−36 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda haftaning birinchi yarmida havo harorati ko‘tarilib, 33−36 darajagacha, janubiy va cho‘l hududalardagi ayrim joylarda 38 darajagacha issiq bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat 25−30 darajagacha pasayadi.

Xorazmda 72 yoshli erkak xotinini bolta bilan chopib o‘ldirdi
13 may 2024, 11:01

Xorazmda 72 yoshli erkak xotinini bolta bilan chopib o‘ldirdi

Xorazm viloyati Shovot tumanida yashovchi erkak xotini bilan uni sehr-jodu qilganlikda ayblab, janjallashgan. Janjal vaqtida erkak xonada turgan bolta bilan xotiniga 17 marotaba zarba bergan. Ayol voqea joyida vafot etgan. Sud erkakni 10 yilga ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida hukm chiqardi.

Sergey Shoygu Rossiya mudofaa vaziri lavozimini tark etdi
13 may 2024, 10:57

Sergey Shoygu Rossiya mudofaa vaziri lavozimini tark etdi

Sergey Shoygu 2012-yildan beri ishlab kelayotgan mudofaa vaziri lavozimidan bo‘shatilib, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi etib tayinlandi. Putin, shuningdek, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Andrey Belousovni yangi mudofaa vaziri etib tayinlashni taklif etdi.

Telegram`da havola yuborish orqali bank kartalaridan pul o‘g‘irlab kelgan yigit ushlandi
13 may 2024, 10:00

Telegram`da havola yuborish orqali bank kartalaridan pul o‘g‘irlab kelgan yigit ushlandi

Toshkentda fuqaroning bank kartasidan 11,7 mln so‘m pul o‘g‘irlandi. Aniqlanishicha, bu jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi 20 yoshli yigit sodir etgan. U boshqalarga Telegram orqali turli havolalar jo‘natib, ularning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va pul yechish bilan shug‘ullanib kelgan.

Namanganda 7 yoshli qizga qilingan jinsiy zo‘ravonlik ishi qayta malakalanib, erkak qamoqqa olindi
11 may 2024, 23:46

Namanganda 7 yoshli qizga qilingan jinsiy zo‘ravonlik ishi qayta malakalanib, erkak qamoqqa olindi

Yangi Namangan tumanida 68 yoshli erkakning 7 yoshli qizga nisbatan qilgan harakatlari qayta malakalandi va erkak jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy usulda qondirish moddasi yuzasidan qamoqqa olindi. Uning yana boshqa bir qizga nisbatan ham shunday harakatlar qilgani haqidagi xabarlar o‘rganilmoqda.

O‘zbekiston 2024-yilda Rossiyaning 5 mlrd dollarlik sarmoyasini o‘zlashtirmoqchi
11 may 2024, 23:22

O‘zbekiston 2024-yilda Rossiyaning 5 mlrd dollarlik sarmoyasini o‘zlashtirmoqchi

2023-yilda O‘zbekistonda 3 mlrd dollarga yaqin Rossiya sarmoyasi o‘zlashtirildi, 2024-yilda buni 5 mlrd dollarga yetkazish kutilmoqda. “Vazifani bemalol bajarsa bo‘ladi… Loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirishda nostandart yondashuvni ta’minlash topshirig‘i berildi”, — dedi ISSV rahbari Laziz Kudratov.

Afg‘onistondagi sel oqibatida 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
11 may 2024, 17:46

Afg‘onistondagi sel oqibatida 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston shimolida kuchli yomg‘irlar sababli suv toshqinlari yuz berib, kamida 150 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jarohatlandi. Hodisadan eng ko‘p Bag‘lon viloyati zarar ko‘rdi. Uyidan ayrilgan oilalarga chodir, ko‘rpa-to‘shak va oziq-ovqat tarqatilmoqda.

Toshkentda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi
11 may 2024, 17:04

Toshkentda Malibu urib yuborgan piyoda vafot etdi

Mirzo Ulug‘bek tumanida 20 yoshli yigit boshqaruvidagi Malibu 45 yoshli piyodani urib yubordi. Erkak hodisa joyida vafot etdi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi
11 may 2024, 15:23

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi

O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish takomillashtiriladi: himoya orderisiz ham ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatiladi, vaqtinchalik shelter va 24/7 ishlovchi birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi, zo‘ravonlik qilganlar reyestri yuritiladi. Batafsil.

Apple tanqidlarga sabab bo‘lgan iPad reklamasi uchun uzr so‘radi
11 may 2024, 14:50

Apple tanqidlarga sabab bo‘lgan iPad reklamasi uchun uzr so‘radi

Apple yangi iPad mahsulotiga ishlangan reklamasi uchun uzr so‘radi. Videoda gidravlik press madaniyat va san’atga oid narsalarni parchalab yuborgani, o‘rnida esa yangi iPad paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Internet foydalanuvchilari buni “insoniyat san’ati va tajribasining yo‘q qilinishi namoyishi” deya qabul qildi.

Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida 32 yil avval qabul qilingan qaror o‘z kuchini yo‘qotadi
11 may 2024, 11:58

Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida 32 yil avval qabul qilingan qaror o‘z kuchini yo‘qotadi

1992-yilda qabul qilingan “Toshkent aeroportini ko‘chirish haqida”gi hukumat qarori 1-sentabrda o‘z kuchini yo‘qotadi. Bu Vazirlar Mahkamasi tomonidan bekor qilinayotgan 493 ta qarordan birida nazarda tutilgan. 32 yil avval qabul qilingan hujjatda aeroport poytaxtdan 45 km uzoqqa ko‘chirilishi belgilangandi.

O‘zbekiston va Qatar ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi
11 may 2024, 11:20

O‘zbekiston va Qatar ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqchi

Elchi Ashraf Xodjayev Qatar ta’lim vaziri Busaina bint Ali An-Nuaymiy bilan uchrashdi. Ular Qatar universitetlarida o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar ajratish, ikki davlat maktab va OTMlari o‘rtasida almashinuv, qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish kabi masalalarni muhokama qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting